20:40 / 16.08.2021
23092

Afg‘oniston markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlari toliblarga berilmaydi – OAV

Xalqaro valuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

«Tolibon» harakati Afg‘oniston markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlariga ega bo‘lolmaydi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) Vashington ma'muriyati vakiliga tayanib xabar berdi.

«Afg‘oniston hukumati markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlari toliblarga berilmaydi», — degan u, ammo qancha miqdordagi mablag‘ haqida so‘z borayotganiga aniqlik kiritmagan.

AFP agentligining ma'lumot berishicha, Afg‘oniston markaziy banki valuta zaxiralarining sezilarli qismi respublikaning o‘zida saqlanmaydi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

15 avgust kuni «Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top