09:06 / 20.08.2021
1721

Shahrixonda farzandi uchun aliment to‘lamay yurgan 2 nafar ota ozodlikdan mahrum etildi

Ular farzandi uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashi natijasida qarzdorlik to‘planib qolgan. Natijada qarzdor otalar ozodlikdan mahrum etilgan.

D.Qirg‘izovdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun har oy topgan ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

Biroq D.Qirg‘izov 6 241 507 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani sababli, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan 15 kunlik ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan xulosa chiqarmagan D.Qirg‘izov belgilangan jazosini o‘tab bo‘lgandan so‘ng ham alimentdan bo‘lgan qarzdorligini to‘lamay yurgan. Natijada, D.Qirg‘izovning  alimentdan bo‘lgan jami qarzi 3 980 872 so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, qarzdor U.Ro‘ziyevdan uch nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirilishi belgilangan bo‘lib, qarzdorning o‘z farzandlarini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlab kelgani natijasida U.Ro‘ziyevning alimentdan bo‘lgan jami qarzi 7 171 312 so‘mni hosil qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 122-moddasining 1-qismiga asosan, D.Qirg‘izov hamda U.Ro‘ziyevga nisbatan nisbatan 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Top