15:17 / 21.08.2021
2333

Surxondaryoda paxta o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tekstil korxonasi omborxonasidan qariyb 1 tonna paxta o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 3 avgust kuni, Jarqo‘rg‘on tumani Minor mahallasida yashovchi, E.Dilmurod Sho‘rchi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2 avgustdan 3 avgust kuniga o‘tar kechasi, tekstil korxonasi omborxonasida saqlanayotgan 17 million 745 ming so‘mlik jami 910 kilogramm paxta tolasini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, o‘g‘rilikni Sho‘rchi tumani Obodon mahallasida yashovchi, Sh.Abbos sodir etgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, joriy yil 7 avgust kuni Sh.Abbosga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top