07:55 / 25.08.2021
13547

«Rulda o‘tirganimda qo‘rqib ketaman: Fransiya dipmissiyasi rahbari O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishi haqida 

Fransiyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Bris Rokfey Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida poytaxt Toshkentda yashash qanchalik qulayligini aytdi.

Foto: Youtube /Alter Ego

«Rostini aytsam, mashinalar harakati qo‘rqinchli. Men rulda o‘tirganimda qo‘rqib ketaman. Sababi, qoidalar umuman yo‘q. Sizni o‘ng tomondan, chap tomondan quvib o‘tishlari mumkin. Hech kim burilish signallarini ishlatmaydi. Chiziqlar hurmat qilinmaydi, ya'ni chiziqlar bo‘yicha yurishmaydi. Chapga burilish ham qiyin. Bu men uchun qiyin. Menimcha, bu yerda baxsiz hodisalar ko‘p bo‘ladi», dedi diplomat.

Bris Rokfey Fransiyada haydovchilik guvohnomasini olish juda qiyinligini ta'kidladi. 

«Haydovchilik guvohnomasini olish uchun talablarni qattiqlashtirish kerak. Bizda radarlar bor, hamma narsa tekshiriladi. Fransiyada qizil chiroqda o‘tib ketish - katta qoidabuzarlik, haydovchilik guvohnomasi sizdan tortib olinishi mumkin. Odamlar juda ehtiyot bo‘lishadi, chunki guvohnomani yo‘qotish katta muammo. Siz yo‘l politsiyasi bilan muzokara qilishga ham urinmaysiz. Bu baxsiz hodisalar va qurbonlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirishga imkon beradigan chora-tadbirlar majmui. Fransiya yo‘llarida ham ko‘p qurbonlar bo‘lgan. Infratuzilma, yoritish tizimi va yuqori sifatli yo‘llarga ega bo‘lish uchun avtomobil yo‘llariga sarmoya kiritish kerak. Bu yordam beradi», dedi u. 

Diplomat, shuningdek, temir yo‘l transportini rivojlantirish muhimligini aytdi, chunki bu yo‘llarda yuk mashinalari sonini kamaytirishga yordam beradi.

Top