09:39 / 02.09.2021
2051

«Bulung‘ur buyum savdo kompleksi» MChJda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida joylashgan «Bulung‘ur buyum savdo kompleksi» MChJda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 31 avgust kuni soat 23:24larda Bulung‘ur buyum bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda savdo kompleksiga qarashli 5ta, unga tutash bo‘lgan 15ta savdo do‘koni yonib ketgandi.

Ma'lum qilinishicha, 1 sentabr kuni viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov yong‘in sodir bo‘lgan savdo kompleksida bo‘lishgan. Ular yong‘indan talafot ko‘rgan do‘konlarni ko‘zdan kechirishgan.

Qayd etilishicha, «Bulung‘ur buyum savdo kompleksi» MChJda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi vaqtda jinoyat ishi yuzasidan mutaxassislar jalb qilingan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ta'kidlanishicha, tergov harakatlari natijalari haqida muntazam ravishda axborot berib boriladi.

Mavzuga oid
Top