07:34 / 02.09.2021
14808

“Tolibon” barcha davlatlarni o‘z elchixonalarini Afg‘onistonga qaytarishga chaqirdi

“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganidan keyin o‘z elchixonalarini yopgan xorijiy davlatlarni ularni yana Kobulga qaytarishga chaqirdi. Bu haqda harakatning siyosiy byurosi a'zosi Muhammad Naim aytib o‘tdi.

Foto: AP

Avvalroq AQSh va Yaponiya o‘z diplomatik vakolatxonalarini Afg‘onistondan Qatarga o‘tkazishini e'lon qilgan. Gollandiya ham Qatardan buni iltimos qilgan. Shuningdek, Germaniya ham ushbu masalani muhokama qilmoqda.

“Albatta, biz elchixonalarni qaytarishga chaqiramiz. Biz Kobulda xavfsizlikni ta'minladik. Shuni ta'kidlashni istardimki, o‘zgarishlar boshlanganidan buyon hech bir elchixonada hech qanday muammo bo‘lmagan. Bu bergan va'dalarimizni bajarayotganimizni va davlatimizni himoya qila olishimizni ko‘rsatadi”, dedi Naim. Uning ta'kidlashicha, “Tolibon” qo‘shni davlatlar, jahon hamjamiyati va mintaqa davlatlari bilan muloqot olib borishni istaydi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top