08:01 / 03.09.2021
20550

AQSh Panjsherdagi qarshilik kuchlariga yordam bermasligini ma'lum qildi

Pentagon Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi qarshilik kuchlariga yordam bermasligini ma'lum qildi.

Foto: AP

“AQShning Afg‘onistondagi harbiy amaliyoti yakunlandi”, deb aytgan Pentagon vakili Jon Kirbi. U shu tariqa jurnalistlardan birining AQSh toliblarga qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savoliga shunday javob bergan.

Toliblarga qarshi Afg‘onistoning milliy qarshilik fronti kurash olib bormoqda. Avvalroq front vakillari Panjsher vodiysidagi janglar vaqtida 350 tolib yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.

“Tolibon” jangarilari Afg‘onistonda ularga bo‘ysunmay kelayotgan yagona viloyat bo‘lgan Panjsherga 2 ta asosiy yo‘nalishdan - Bag‘lon viloyatidagi Andarab vodiysi va Parvon viloyatidagi Gulbahor shahridan hujum qilmoqda.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top