18:21 / 06.09.2021
15792

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat mudofaa vazirini iste'foga chiqardi

Taalaybek Omuraliyev shu yil fevralida mudofaa vaziri etib tayinlangandi.

Qirg‘izston mudofaa vaziri Taalaybek Omuraliyev prezident Sadir Japarov farmoniga muvofiq mudofaa vaziri lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda 24.kz portali xabar berdi.

Xabar qilinishicha, mamlakat prezidenti ma'muriyati Omuraliyevning iste'fosi haqidagi xabarni tasdiqlagan. 

Omuraliyev 2021 yil fevralda mudofaa vaziri etib tayinlangandi.

TASSning xabariga ko‘ra, uning o‘rnini Baktibek Bekbolotov egallagan.

Mavzuga oid
Top