09:54 / 08.09.2021
1922

Termizda Cobalt bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi

Termiz shahrida ro‘y bergan yo‘l-trancport hodisasida Cobalt va Matiz o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 7 sentyabr kuni Termiz shahri Alisher Navoiy va Denov ko‘chalari kesishgan aylanma harakatda Cobalt mashinasi aylanma harakat orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Matiz’ning orqa o‘ng tomonidan urib yuborgan. Oqibatda Matiz mashinasi ag‘darilib ketib to‘ntarilib qolgan.

Qayd etilishicha, ikkala mashinada bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar jiddiy tan jarohati olmagan. Hozirda holat yuzasidan Termiz shahar IIB YHXB tomonidan MJtKning 134-moddasiga binoan holatga oid materiallar to‘planib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top