19:32 / 09.09.2021
18991

Aktam Hayitov O‘zLiDeP nomidan debatlarda kim qatnashishi haqidagi savolga javob berdi

Foto: O‘zLiDeP

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Aktam Hayitov partiyaning 9 sentyabr kungi qurultoyi yakunida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Undan partiyaning saylovoldi targ‘ibot jarayonidagi debatlarda kim vakil sifatida qatnashishi haqida so‘rashdi.

“Albatta, partiyamiz debatlarga jiddiy qaraydi va munosib nomzod ishtirokini ta'minlaydi. Hali bu savollarga aniq javob berishga erta. Debatlar muddati ma'lum bo‘lsin, bizni taklif qilishsin, shunda bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘ramiz”, – dedi Aktam Hayitov.

Eslatib o‘tamiz, sezdda O‘zLiDeP nomidan prezidentlikka nomzod sifatida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top