14:40 / 09.09.2021
4991

Bill Geytsga qarashli kompaniya Four Seasons mehmonxonalar tarmog‘i egasiga aylandi

Four Seasons mehmonxonalar tarmog‘i dunyoning 47 mamlakatida 121 mehmonxona va 46ta turar joy obektiga ega.

Foto: Gates Ventures

Microsoft asoschisi Bill Geytsning Cascade Investment investitsiya fondi Four Seasons mehmonxonalar tarmog‘i aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘ldi. Saudiya shahzodasi al-Volid ibn Talalning Kingdom Holding kompaniyasi Geytsga aksiyalarini sotishga rozi bo‘ldi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Xabar qilinishicha, shartnoma summasi 2,21 mlrd dollarni tashkil etgan. Cascade Investment tarmoqning 71,25 foiz aksiyasiga egalik qiladi, Kingdom Holding 23,75 foiz, Four Seasons asoschisi va direktorlar kengashi raisi Isador Sharp 5 foiz aksiyani o‘zida saqlab qoladi.

Kingdom Holding rahbari Sarmad Zokning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya o‘z ulushini sotish bo‘yicha bir necha yil davomida muzokaralar olib borgan. 

Four Seasons mehmonxonalar tarmog‘i 1960 yilda Kanadada tashkil etilgan. Hozirda kompaniya dunyoning 47 mamlakatida 121 mehmonxona va 46ta turar joy obektiga ega.

Mavzuga oid
Top