10:23 / 09.09.2021
8642

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik o‘sish holatlari 800ga yaqin, ikki kasallikdan 7 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 653 kishida koronavirus, 135 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 7 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 8 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 162421 (+653) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 41 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 17 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 18 nafari Namangan viloyatida,
  • 68 nafari Samarqand viloyatida,
  • 14 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 55 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 107 nafari Toshkent viloyatida,
  • 242 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 36 nafar,
  • Andijon viloyatida 70 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Jizzax viloyatida 22 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 12 nafar,
  • Samarqand viloyatida 80 nafar, 
  • Surxondaryo viloyatida 15 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 65 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 26 nafar,
  • Toshkent viloyatida 119 nafar,
  • Toshkent shahrida 254 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 154374 (+723) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1137 nafarni tashkil qilmoqda.

8 sentabr kuni 135 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 24956taga yetdi. Kecha ularning 305 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 18626 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 198 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top