17:07 / 09.09.2021
8120

KXShT mamlakatlari kollektiv kuchlarni zamonaviy qurollar bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda

Ma'lumot berilishicha, mazkur reja KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari hamda xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan kelishilgan va ma'qullangan.

Foto: RIA Novosti

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti 16 sentyabr kuni kollektiv kuchlarni zamonaviy qurollar bilan ta'minlash rejasini taqdim etadi. Bu haqda KXShT bosh kotibi o‘rinbosari Valeriy Semerikov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur reja KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari hamda xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan kelishilgan va ma'qullangan.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisovning aytishicha, KXShT mamlakatlari rahbarlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda kollektiv kuchlarni zamonaviy qurollar va texnika bilan ta'minlash bo‘yicha kelishuvni imzolaydi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kiradi.

23 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev KXShT sammitida mehmon sifatida ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top