13:00 / 09.09.2021
2582

Xorazmda qidiruvdagi bola topilib, onasiga qaytarildi

Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan 2 yoshli bola topildi va onasiga qaytarildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, voyaga yetmagan, 2019 yilda tug‘ilgan M.I.ni javobgar T.U.ning tarbiyasidan onasi tarbiyasiga olib berish belgilangan edi.

Ijro hujjati bo‘yicha Yangiariq tumanida ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, ish bo‘yicha qarzdor T.U. chaqirtirilib, unga sud qarori ijrosini ta'minlash majburiy ekanligi hamda bo‘yin tovlangan taqdirda qonun hujjatlarida ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida tushunchalar berilgan. Ammo qarzdor bolani yashirib, uni onasiga berishdan bosh tortgan. Shu sababli, bolaga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.

Qidiruv asosida byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan tizimli ish olib borilgan va 21 avgust kuni bola otasi Ye.U. ning yaqin qarindoshlaridan birining uyida ekani aniqlangan. Shundan so‘ng bola onasiga topshirilib, qidiruv 
va ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari tamomlangan.

Top