09:27 / 11.09.2021
6968

Qoraqalpog‘iston bayrog‘ida 12 yulduz aks etgan video yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat bayrog‘ida 12 ta yulduz aks etgan video tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bayrog‘ida 5 ta yulduz bor.

Ushbu holat yuzasidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi rasmiy ma'lumot berdi. Ma'lum bo‘lishicha, holat 9 sentabr kuni Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan. Tumandagi Mudofaa ishlari bo‘limi binosida 12 ta yulduzi bor Qoraqalpog‘iston bayrog‘i o‘rnatilgan.

Harbiy okrugi matbuot xizmati rahbari Temur Narziyevning aytishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunning buzilish holati kuzatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shini qo‘mondonligi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xizmat surishtiruvi olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin To‘rtko‘lda IIB xodimlari aka-ukani kaltaklagani aytilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda yosh tadbirkorni IIB xodimlari kaltaklagani haqidagi xabarga izoh berilgandi.

Top