“Toshshahartransxizmat” poytaxtda yo‘lovchilar eng ko‘p foydalanuvchi avtobus yo‘nalishlarini ma'lum qildi.
"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar sonini ochiqladi (1-31 avgust holatiga ko‘ra).
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
- 131- sonli yo‘nalish - 205 628;
- 24 - sonli yo‘nalish - 159 512;
- 147 - sonli yo‘nalish - 154 225.
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
- 196- sonli yo‘nalish - 1 516;
- 113- sonli yo‘nalish - 6 570;
- 184 -sonli yo‘nalish - 8 242.
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
- Mercedes-Benz LF - 2 901 170;
- Isuzu - 2 412 062;
- Man - 1 536 421;
- Saz LE 60 - 701 071.
128 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 7 550 724.