10:24 / 12.09.2021
45522

FQB 11 sentyabrdagi teraktlar haqidagi maxfiy hujjatni e'lon qildi 

AQShning Federal qidiruvlar byurosi prezident Jo Bayden farmoni bilan oshkor qilingan 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarga aloqador hujjatni e'lon qildi. Hujjatda teraktlarda samolyotlarni olib qochgan ikki saudiyalikka ko‘mak ko‘rsatilgani haqidagi ma'lumotlar bor.

Foto: Reuters

“Ushbu hujjat 11 sentyabrdagi teraktlarga aloqador ba'zi hujjatlarni oshkor qilish haqidagi 2021 yil 3 sentyabrda imzolangan prezident farmoni doirasida e'lon qilinmoqda”, deb aytilgan xabarda.

Hujjat 16 sahifadan iborat bo‘lib, Saudiya Arabistonining Los-Anjyelesdagi konsulxonasida ishlagan va terrorchilarning AQShga kelishlarida ko‘mak ko‘rsatgan shaxs 2015 yilda so‘roq qilingan vaqtda bergan ko‘rsatmalarga asoslangan. Keyinroq ushbu shaxs AQSh fuqaroligini olishga uringan va uning ismi sir saqlanish maqsadida hujjatda keltirilmagan. 

FQBning ta'kidlashicha, hujjatda Saudiya Arabistonining 11 sentyabrdagi teraktlarga aloqadorligining isbotlari yo‘q. 

AQSh prezidenti Jo Bayden sentyabrda imzolagan farmonga ko‘ra, 2001 yildagi teraktlarga tegishli hujjatlar 6 oy ichida e'lon qilinib boriladi. Bayden ushbu farmonni o‘sha teraktlar jabrdiydalari yaqinlarining noroziliklari ortida imzolagan. Ularning ta'kidlashicha, maxfiy hujjatlarda Saudiya Arabistonining 11 sentyabrdagi teraktlarga aloqadorligini ko‘rsatuvchi ma'lumotlar bor. 

Mavzuga oid
Top