15:52 / 16.09.2021
3430

Xitoyda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1 mlrddan oshdi

Pekinda katta yoshli aholining 97 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Tyanszin, Shanhay va Chjetsyanda 12 yoshdan kattalarning 80 foizga yaqini emlab bo‘lingan. 

Xitoyda 1 milliarddan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi, bu mamlakat aholisining 70 foizga yaqinini tashkil etadi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi vakili Mi Fenning ma'lumot berishicha, 15 sentyabr holatiga 2,16 mlrd emlash amalga oshirilgan. Bu butun dunyodagi emlashlarning (5,18 mlrd) uchdan bir qismiga teng.

Agentlikning yozishicha, Pekinda katta yoshli aholining 97 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Tyanszin, Shanhay va Chjetsyanda 12 yoshdan kattalarning 80 foizga yaqini emlab bo‘lingan. 

Qayd etilishicha, Xitoy emlash sur'ati bo‘yicha YeI va AQShdan o‘zib ketdi. Hozirda AQShda aholining yarmiga yaqini koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Shu bilan birga, Pekin pandemiya sababli joriy etilgan cheklov choralarini yumshatmoqchi emas.

Worldometer sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 95 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan, 4,6 mingga yaqin bemor vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top