16:17 / 17.09.2021
11152

Putin Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati bilan hamkorlik qilish kerakligini aytdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, toliblar hukumatini tan olish masalasida o‘zaro kelishuvga erishish lozim.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistonning toliblar tomonidan shakllantirilgan vaqtinchalik hukumati bilan birga ishlash kerakligini aytdi.

«Toliblar harakati mamlakatning to‘laqonli egasiga aylanib, Afg‘oniston kelajagi uchun mas'ul bo‘lgan o‘z hukumatini shakllantirdi. Toliblar aytganidek, bu vaqtinchalik hukumat va uni vakolatli yoki inklyuziv deb atab bo‘lmaydi, chunki unda boshqa etnik guruhlar vakillarini ko‘rmayapmiz. Ammo albatta, ular bilan ishlash kerak», — dedi Putin ShHT va KXShT davlatlariga a'zo mamlakatlar rahbarlarining qo‘shma majlisida qilgan chiqishida.

«Tan olishga kelsak, boshqalarning fikriga qo‘shilaman, bu masalada o‘z pozitsiyamizni kelishib olishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi Putin.

Avvalroq Xitoy yetakchisi Si Tszinpin xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.

Top