09:00 / 17.09.2021
9442

«ZARAFSHAN GOLDEN GROUP» kompaniyasidan ko‘pchilik orzu qilgan loyiha “Hi-tech” uslubidagi elit toifa kottejlar

Ishbilarmon, zamon bilan hamnafas insonlar uchun uyning qulay joylashuvi juda muhim rol o‘ynaydi. Hozir yurtimizda ko‘plab turar joylar barpo etilmoqda. Xaridorlar esa takliflar ichidan eng sarasini tanlashni istaydi.

50 000m2 maydonda qad rostlayotgan shaharcha – “Zarafshan villas”, bu – “Hi-tech” uslubidagi elit toifa kottejlar hisoblanadi. 

Toza havo va tog‘ yonbag‘rlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib manzilimiz Qibray tumani, Arg‘in mahallasida joylashgan.

Kottejlar o‘ta nozik ishlangan arxitektorlik loyihasiga asoslangan holda qurilgan. Kottejlarda basseyn, terassa hamda avtomobil qo‘yish uchun joy ham bor.

Kottejlar o‘zining zamonaviyligi, shovqindan xoliligi, shahar markazigacha bo‘lgan masofa yaqinligi va yo‘llarning tirband emasligi bilan e'tiborni jalb qiladi.

E'tiborlisi shundaki, kottejlarni chegaralangan muddatda foizli chegirmalar bilan xarid qilish mumkin.

“Zarafshan villas” turar joy majmuasi – bu oilaviy xotirjam hayot uchun ajoyib atmosferali maskan. Bu yerda har bir narsa kichik detallargacha o‘ylab chiqilgan: arxitekturaviy-stilistik yechimlar, kattayu kichiklar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga, toza havoda o‘ynash hamda dam olish uchun har xil ko‘rinishdagi joylar mavjud.

Kompleks eng mayda detallargacha o‘ylab topilgan uslubni, zamonaviy arxitekturani, qulaylik va dam olish uchun zarur barcha narsalarni, alohida ish joyini, katta va kichik jamoa bilan toza havoda o‘yinlar va dam olishni o‘z ichiga oladi.

Endi uyingiz atrofida maroqli dam olishingiz mumkin.

“Zarafshan villas” – raqamlar va faktlarda

Eng avvalo, “Zarafshan villas” turar joy majmuasining joylashuvini qayd etish joiz. Bu yerda yashaydigan aholi transport muammolariga duch kelmaydi. Istalgan infratuzilma (maktab, supermarket, kasalxona, dorixona, restoran va h.k.)ga tez va oson yetib olish mumkin.

Majmua yaqinida yildan yilga transport yo‘nalishlari, supermarketlar va savdo markazlari soni ko‘payib bormoqda, yangi ofislar yaratilmoqda. Turar joy qulay va yirik shahar magistral yo‘liga yaqin joylashgani bilan ham rezidentlarga qulaylik yaratadi.

To‘lov muddati – 12 oy. Maydonlari – 2,5 3 va 4 sotix.

Xonadonning smart-tartibi turar joydan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. “Zarafshan villas” ning har bir m2 ga maksimal vazifalar o‘rnatilgan.

Mahsulotlar mustahkam va ekologik toza, erkin rejalashtirish imkoniyati, xonalar orasidagi to‘siqlar, mustaqil isitish tizimi, kommunal hisoblagichlar, qulay balkon va boshqalar mavjud.

Endi esa eng asosiysi!

Shoshiling, yangi zamonaviy majmuada xonadonlar sotuvi davom etmoqda. “Zarafshan villas” turar joy majmuasidan xonadonlarni sotib olish uchun mijozlarga qulay shartlar va aksiyalar mavjud.

Kompaniya sizga 12 oygacha muddatli to‘lov asosida xonadon xarid qilish imkoniyati hamda foizli chegirmalarni taqdim etadi.

Shoshiling va orzungizdagi xonadonga ega bo‘ling!

Sotuv bo‘limida sizni kutib qolamiz!

Ma'lumot uchun:

+998788885554

+998998445554

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top