20:56 / 18.09.2021
8230

Britaniyalik diplomat Parij Londonni jazolashi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Piter Rikketsning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Fransiyaning javob choralaridan qochib qutula olmaydi. 

Buyuk Britaniyaning Fransiyadagi sobiq elchisi Piter Rikkets Avstraliya bilan suvosti kemalari bo‘yicha shartnoma bekor qilingani sababli Londonni Parijning jazosi kutayotganini aytdi, deb xabar berdi Daily Mail.

«Fransiya Vashington va Kanberradagi elchilarini chaqirib olmoqda, ammo Londondagi elchi joyida qolmoqda. Bu esa Parij AQSh va Avstraliyani fitnaning asosiy tashkilotchilari, Buyuk Britaniyani esa shunchaki sherik deb hisoblayotganini bildiradi», — dedi diplomat.

Rikketsning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya baribir Fransiyaning javob choralaridan qochib qutula olmaydi. «Parij foydali buyurtmani olib qo‘ygan uchala davlatni ham jazolaydi», — dedi u.

16 sentyabr kuni Avstraliya hukumati Fransiya bilan 12ta suvosti kemasi qurish to‘g‘risidagi 90 mlrd avstraliya dollari (66 mlrd AQSh dollari) qiymatidagi shartnomani bekor qildi.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan Iv Le Drian buni «orqadan urilgan pichoq» deb baholadi.

Mavzuga oid
Top