21:49 / 18.09.2021
10580

Fransuz dorbozi Eyfel minorasi va teatr binosi o‘rtasiga tikilgan 670 metrlik dorni bosib o‘tdi

Natan Polin butun masofani 30 daqiqada bosib o‘tgan.

Foto: SDD Slackline

Parijda fransuz dorbozi Natan Polin Eyfel minorasi va Shayo milliy raqs teatri binosi o‘rtasiga tikilgan 670 metrlik dorni bosib o‘tdi. Bu haqda Actu Paris xabar berdi.

Tadbir Fransiya milliy merosi kuni doirasida o‘tkazildi.

Polin Eyfel minorasidan 68 metr balandlikda yo‘lga tushdi, Sena daryosidan 30 metr balandlikda masofaning bir qismini bosib o‘tdi va 56 metr balandlikdagi Shayo teatri tomiga yetib bordi.

Xabarda aytilishicha, u butun masofani 30 daqiqada bosib o‘tgan.

Top