16:12 / 18.09.2021
8170

Pekin-Parij yo‘nalishida uchayotgan samolyot bortida nosozlik yuz berdi

Hodisadan so‘ng samolyot Pekinga qaytgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Foto: Telegram / new_militarycolumnist

Pekindan Parijga parvoz qilayotgan Boeing777 samolyoti bortida portlash yuz berdi, deb xabar berdi ReN TV.

Jurnalistlarning ma'lumot berishicha, samolyot Air France aviakompaniyasiga tegishli.

Hodisadan so‘ng samolyot Pekinga qaytgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

The Beijing Daily nashrining qayd etishicha, portlash salonning orqa qismida sodir bo‘lgan.

Aviakompaniya hodisa bo‘yicha hozircha izoh bermagan.

Mavzuga oid
Top