08:00 / 21.09.2021
47540

IIV tizimida 9ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Nilufar To‘raxonova

Katta leytenant Nilufar To‘raxonova Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Media markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar N.To‘raxonova IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi, Mass-media bilan ishlash guruhining muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Dilmurod Mirsodiqov

Polkovnik Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar D.Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

G‘ayrat Rahmatullayev

Podpolkovnik G‘ayrat Rahmatullayev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar G‘.Rahmatullayev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Oybek Xo‘jaqulov

Podpolkovnik Oybek Xo‘jaqulov Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar O.Xo‘jaqulov Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherzod Ibrohimov

Podpolkovnik Sherzod Ibrohimov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sh.Ibrohimov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Umid Mavlonov

Podpolkovnik Umid Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Omirbay Turdiboyev

Podpolkovnik Omirbay Turdiboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar O.Turdiboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Elyor Yahyoyev

Podpolkovnik Elyor Yahyoyev Navoiy viloyati IIB Zarafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar E.Yahyoyev Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherxon Allamurotov

Mayor Sherxon Allamurotov Surxondaryo viloyati IIB Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sh.Allamurotov Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top