11:00 / 22.09.2021
7155

Sirdaryoda salomatlik yo‘lakchasi qurish uchun daraxtlarni qo‘porayotganlar aniqlandi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida uch kishi salomatlik yo‘lakchasini qurish uchun 13 ta daraxtni qo‘porayotgani aniqlandi.

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida «Suv ombor qurilish» xususiy korxonasi ish yurituvchisi O.S.ning buyrug‘i bilan fuqarolar N.X., S.T., A.G‘. tomonidan salomatlik yo‘lakchasi qurilishi belgilangan hududda «Samsung» rusumli ekskavator yordamida 12 dona shumtol va 1 dona tut daraxtini qo‘porayotganlik holati aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi ma'lum qildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Yangiyer shahar va Xovos tuman inspeksiyalari inspektorlari hamda shahar IIB PPX va JTSB xodimlari hamkorligida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 17 sentabr kuni kech soat 22:52lar atrofida Yangiyer shahar «Shodlik» MFY hududida «Suv ombor qurilish» xususiy korxonasi ish yurituvchisi O.S.ning buyrug‘i bilan fuqarolar N.X., S.T., A.G‘. tomonidan salomatlik yo‘lakchasi qurilishi belgilangan hududda «Samsung» rusumli ekskavator yordamida 12 dona shumtol va 1 dona tut daraxtini qo‘porayotganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 million 750 ming jarima qo‘llandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 125 million 820 ming so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryo tumani hududidagi qurigan daraxtlarni ommaviy kesishga ruxsat berildi» nomli xabar tarqalgan edi. Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, Sirdaryo tumani hokimining 11.09.2021 yildagi 91-9-128-G/21 sonli farmoyishida tuman hududidagi qurib o‘sishdan to‘xtagan daraxtlarni kesib tuman zaxirasiga olinishi ko‘rsatilgan. Lekin bu farmoyish ijrosini ta'minlash uchun, ya'ni qurigan daraxtlarni kesish uchun viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xulosasi kerak bo‘ladi», deyiladi xabarda. 

Top