14:00 / 23.09.2021
3453

Xorijdagi saylov uchastkalarining interaktiv xaritasi e'lon qilindi

Joriy yil 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston prezidenti saylovida o‘z konstitutsion huquqini amalga oshirishi uchun mamlakatning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 54ta uchastka saylov komissiyalari faoliyat yuritmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchastka saylov komissiyalari tarkibiga elchixona xodimlari, konsullar, elchixona maslahatchilari, xorijdagi tadbirkor yurtdoshlarimiz, madaniy markaz vakillari, “Uzbekistan Airways” va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining o‘zbekistonlik talabalari kiritilgan.

“Dunyo” AA mazkur uchastka saylov komissiyalari joylashgan manzillarning elektron xaritasini ishlab chiqdi.

Quyidagi ilovaga kirib, yaqin bo‘lgan uchastka saylov komissiyasi haqidagi ma'lumot bilan tanishish mumkin.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top