18:09 / 24.09.2021
6793

Amerikalik olim “delta” – koronavirusning oxirgi tajovuzkor varianti ekanligini aytdi

Olimning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Afrika varianti vaksinaga chidamli, ammo shu bilan birga unchalik yuqumli emas. 

Foto: TASS

Profilaktik tibbiyot akademiyasi prezidenti, AQSh sog‘liqni saqlash assotsiatsiyasi a'zosi Almaz Sharman emlanganlar soni oshishi bilan koronavirusning “delta” varianti yuqumlilik xususiyatini yo‘qotadi deb hisoblamoqda.

“Virusning bir nechta variantlari bo‘lib, ular yuqumli yoki vaksinaga bardoshsiz yoki vaksinaga chap beruvchi bo‘lishi mumkin, lekin yuqumlilik xususiyatini yo‘qotadi. “Alfa”, “beta” va “gamma” variantlari bilan shunday holat yuz berdi. Hozirda biz eng yuqumli “delta” variantiga duch keldik. Men uning koronavirusning oxirgi tajovuzkor varianti deb o‘ylayman va kelgusida pandemiya susayishi kerak”, – dedi Sharman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, masalan, Janubiy Afrika varianti vaksinaga chidamli, ammo shu bilan birga unchalik yuqumli emas. 

Olim shu bilan birga, virusning shtamm va variantlarini adashtirmaslikka chaqirdi. Uning aytishicha, shtamm bu virusning o‘ziga xos boshqa xususiyati. 

Olimning so‘zlariga ko‘ra, vaksinatsiya sur'ati yetarlicha emasligi sababli koronavirus mutatsiyaga uchrab, uning yangi variantlari paydo bo‘lmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top