21:20 / 24.09.2021
8623

Xitoyda yirik kompaniyalardan birining rahbari pora olgani uchun bir umrga qamaldi

Biznesmen kompaniyadagi faoliyati davomida 112,9 million yuandan ortiq pora olgan.

Foto: Xinhua

Xitoydagi spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yirik Kweichow Moutai kompaniyasi rahbari Yuan Jyengo pora olgani uchun bir umrga qamaldi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilishicha, Guyyandagi oraliq instansiya xalq sudi biznesmenni kompaniyadagi faoliyati davomida 112,9 million yuandan ortiq (17,4 mln dollar)  pora olgani sababli bir umrga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Qayd etilishicha, Yuan 1994 yildan 2018 yilgacha Kweichow Moutai kompaniyasi bosh direktori va raisi lavozimidan foydalanib boshqa kompaniyalarga Moutai spirtli ichimliklarini tarqatish huquqini qo‘lga kiritishda yordam bergan. 

Kweichow Moutai Company Limited Xitoydagi eng yirik oltmishta kompaniya sirasiga kiradi.

Avvalroq Xitoyda CITIC Group sobiq direktori pora olgani uchun 18 yilga qamalgandi.

Top