22:44 / 25.09.2021
5675

AQShda koronavirusga qarshi qo‘shimcha emlash kampaniyasi boshlandi

AQSh prezidenti Jo Bayden qo‘shimcha emlanish huquqiga ega bo‘lganlarni tezroq emlanishga chaqirdi.

Foto: EPA

AQShda keksalar va xatar guruhiga kiruvchi odamlarni koronavirusga qarshi Pfizer/BionTech vaksinasi bilan buster emlash kampaniyasi boshlandi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha emlash kasallikka chalinishga moyil shaxslar uchun mo‘ljallangan.

24 sentyabr kuni mamlakat prezidenti Jo Bayden qo‘shimcha emlanish huquqiga ega bo‘lganlarni tezroq emlanishga chaqirdi. U o‘zi ham imkon boricha tezroq emlanishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 60 mln nafar amerikalik buster emlanish huquqiga ega.

Top