10:43 / 25.09.2021
10378

Toshkentda tez yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB hodisa bo‘yicha xabar berdi.

2021 yil 22 sentabr kuni soat 20:45larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Nurafshon-M.Uyg‘ur ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan D.E. boshqaruvidagi "GAZ-330210" rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi, 1959 yilda tug‘ilgan M.E. boshqaruvida bo‘lgan "HYUNDAI" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top