15:22 / 26.09.2021
11928

Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida Nexia va Isuzu ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda Isuzu ag‘darilib yonib ketgan

Ma'lum qilinishicha, bugun, 26 sentabr kuni soat 09:00larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R48A avtomobil yo‘lining 27-kilometrida Nexia va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Chelak-Samarqand yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan sigirni urib yuborib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. So‘ng ro‘paradan kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Nexia’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan yo‘lovchilar tan jarohati olib, Chelak shahar shifoxonasiga murojaat qilishgan. Bundan tashqari, Isuzu mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilgan va yonib ketgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Payariq tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top