08:03 / 27.09.2021
5638

Bekobodda 1 kg giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tashkil etilgan tezkor tadbirda 1 kg «gashish» giyohvandlik vositasini 20 000 AQSh dollari evaziga sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Viloyat IIBB axborot xizmati xabar berishicha, Toshkent viloyati IIBB va uning sohaviy xizmat xodimlari tomonidan «Qora dori-2021» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davomida bir qator jinoyatlar aniqlanib, qonunbuzarliklarga chek qo‘yilmoqda.

Joriy yilning 18 sentabr kuni IIV hamda Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, Bekobod tumani «Farhod» mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan E.A. tuman Zafar qo‘rg‘oni markazida 20 000 AQSh dollari evaziga 1 kg «gashish» giyohvandlik vositasini maxsus xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top