11:11 / 27.09.2021
2040

Samarqandda 6 yoshli bolasini sotmoqchi bo‘lgan onaga sud hukmi o‘qildi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida olti yoshli o‘g‘lini 6 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Paxtachi tumanida yashovchi ayol olti yoshli farzandini 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlangan. U shartli xaridordan 4,4 ming dollarni olayotganda huquqni himoya qilish organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi tomonidan ayolga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sud ayolni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topgan va unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan. Uning farzandi esa mehribonlik uyiga topshirilgan.

Mavzuga oid
Top