14:47 / 01.10.2021
3454

YeI fuqarolari 1 oktyabrdan xorijga chiqish pasportisiz Buyuk Britaniyaga kiritilmaydi

Qayd etilishicha, bundan asosiy maqsad, Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan chiqqanidan so‘ng soxta pasportlarga qarshi kurashishdir. Britaniya IIVning ma'lumot berishicha, chegarada eng ko‘p uchraydigan soxta hujjatlar aynan Yevropa mamlakatlari milliy pasportlaridir.

Endilikda Yevroittifoq fuqarolari milliy pasportlari bilan Buyuk Britaniyaga kira olmaydi va chegarada xorijga chiqish pasportini ko‘rsatishi shart bo‘ladi. 1 oktyabrdan bu boradagi qoidalarga kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kirdi.

London ushbu qaror haqida o‘tgan yili e'lon qilgandi. Qayd etilishicha, bundan asosiy maqsad, Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan chiqqanidan so‘ng soxta pasportlarga qarshi kurashishdir.

Britaniya IIVning ma'lumot berishicha, chegarada eng ko‘p uchraydigan soxta hujjatlar aynan Yevropa mamlakatlari milliy pasportlaridir.

Yangi qoidalar 30 iyungacha maxsus hujjat olishga ulgurgan YeI, Yevropa iqtisodiy hududi va Shveytsariyaning Buyuk Britaniyada yashovchi fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ular qirollik hududiga 2025 yilning 31 dekabrigacha milliy pasportlari bilan kirishlari mumkin.

Mavzuga oid
Top