18:48 / 06.10.2021
1888

FVV Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 6 oktabr kuni kuzatiladigan ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Foto: YHXBB videosidan kadr

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 6 oktabr kunning ikkinchi yarmida A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek vaqti-vaqti bilan tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +1,+4 daraja, kunduzi +4,+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan vazirlik haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Mavzuga oid
Top