20:23 / 06.10.2021
4641

Hindiston hukumati koronavirus qurbonlari yaqinlariga tovon puli to‘laydi

Foto: AFP

Hindiston oliy sudi shtatlar hukumatlariga koronavirusdan vafot etganlar yaqinlariga 50 ming rupiy (672 dollar) miqdorida bir martalik tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, kompensatsiya to‘lanishi talab qilingan petitsiyada ko‘proq summa – 400 ming rupiy (5372) to‘lanishi talab qilingan.

Tovon puli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

“Barcha davlat organlari koronavirus sababli oila a'zolarini yo‘qotganlarga yordam qo‘lini cho‘zishi kerak”, deb aytilgan oliy sud qarorida.

Sud tovon pulini to‘lash bilan shug‘ullanadigan mutasaddi idoralar barcha arizalarni 30 kun ichida ko‘rib chiqish va bunda qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha ishni qilishi lozimligi haqida qaror chiqargan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusdan 449 mingdan ko‘proq odam vafot etgan. Biroq ba'zi eskpertlarning fikricha, qurbonlar soni aslida ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki ko‘plab o‘lim holatlari ba'zi muammolar sababli qayd qilinmagan bo‘lishi mumkin.

Top