07:54 / 07.10.2021
9366

Millatlar Ligasi. Ispaniya Italiyaning rekordiga chek qo‘ydi va finalga yo‘l oldi

UYeFA Millatlar Ligasida yarimfinal bellashuvlari start oldi. 

Foto: Italiya milliy jamoasi Instagram sahifasi

1/2 finalning ilk uchrashuvi Ispaniya va Italiya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Luis Enrike shogirdlari 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Shu tariqa, «skuadro adzuro»ning 37 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetdi. Roberto Manchini shogirdlari 35tadan g‘alabali seriya qayd etgan Braziliya va Ispaniya milliy jamoalarini ortda qoldirib, jahon rekordini o‘rnatdi. 

Millatlar Ligasi. Yarimfinal
Italiya - Ispaniya 1:2

Gollar: Pellegrini (83) - Torres (17, 45+2)

Italiya - Donnarumma, Di Lorenso, Bonuchchi, Bastoni, Emerson, Veratti (Lokatelli, 58), Barella (Kalabriya, 74), Jorjino (Pellegrini, 64), K'yeza, Insine (Ken, 58), Bernardeski (Kellini, 46). 

Ispaniya - Simon, Alonso, Pau Torres, Lyaport, Aspilikueta, Gavi (Roberto, 84), Koke (Merino, 75), Buskets, Oyarsabal, Sarabiya (Xil, 75), Torres (Pino, 49).

Mavzuga oid
Top