12:05 / 07.10.2021
3567

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni ta'mirlashga 100 mlrd so‘m ajratildi

Bu mablag‘lar butun respublika bo‘ylab ko‘p kvartirali uylar va ularning atrofini ta'mirlashga ajratiladi. 

2021 yilda ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta'mirlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 100 mlrd so‘m ajratilgan. Bu haqda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov 6 oktyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“Ko‘p kvartirali uy joylarni tiklash uchun ajratiladigan mablag‘lar tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan tom, kirish yo‘laklarini ta'mirlashga, kodli, temir eshik o‘rnatishga, elektr shit va yerto‘la qismlarini ta'mirlash, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari, fasad, bolalar maydonchasini qurish va ta'mirlash, irrigatsiya tarmoqlari, yo‘laklarni betonlash, tashqi yoritish tizimlari hamda umumfoydalanish uchun hojatxonalarni qurish va ta'mirlashga ajratilgan”, – deya vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida vazirlik 2 136ta ko‘p kvartirali uylarni ta'mirlashga tijorat banklaridan 121,9 mlrd so‘m kredit mablag‘lari jalb qilinganini ma'lum qilgandi. Shuningdek, 2021 yilda 1000ta liftni yangilash xabar qilingan.

Mavzuga oid
Top