09:15 / 07.10.2021
11343

Pokistonda kuchli zilzila yuz berdi, qurbonlar bor

Pokistonning Balujiston viloyatida 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 300dan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakatning tabiiy ofatlarga qarshi kurashish boshqarmasi direktori Nosir Nosir ma'lum qildi.

Foto: Arshad Butt/Associated Press

Zilzila o‘z markazidagi silkinishlar jadalligi bo‘yicha “vayronkor” deb baholangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 03:01da qayd qilingan. Uning markazi Kvetta shahridan 100 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida yuzdan ortiq uylar vayron bo‘lgan, ko‘plariga, jumladan hukumat binolariga zarar yetgan. Zilzila kuchi viloyatdagi ko‘plab shaharlarda sezilgan.  

Hozirda hukumat zilzila oqibatida yetkazilgan zararni baholash bilan shug‘ullanmoqda. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Top