17:38 / 09.10.2021
10195

Toliblar IShID terrorchilariga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qilmasligini bildirdi

Suhayl Shahinning so‘zlariga ko‘ra, harakat IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limiga qarshi kurashda Vashington bilan hamkorlik qilmaydi.

Foto: Anadolu Agency via Getty Images

“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi ekstremistik guruhlarga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qilinmasligini bildirdi.

Toliblar vakili Suhayl Shahinning so‘zlariga ko‘ra, harakat IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limiga qarshi kurashda Vashington bilan hamkorlik qilmaydi.

“IShIDga o‘zimiz bas kela olamiz”, – degan u.

Avvalroq toliblar IShID jangarilariga qarshi operatsiyalar o‘tkazgani xabar qilingandi.

Top