23:30 / 11.10.2021
5102

Gretsiya afg‘on qochqinlari oqimidan xavotirda Turkiya bilan chegaralarini mustahkamlamoqda

Foto: Pixabay

Gretsiya Afg‘onistondan noqonuniy muhojirlar oqimi ko‘payishidan xavotirlanib, Turkiya bilan chegarasida chegarachilar sonini oshirmoqda. Bu haqda Ekathimerini nashri xabar berdi.

Jumladan, bir necha oy davomida 1500 chegarachidan iborat kuchlarga qo‘shimcha 250 harbiy qo‘shiladi. Yana 800 nafar chegarachi aeroportlarda va Gretsiya-Turkiya chegarasiga yaqin hududlarda ishlash uchun yollanadi.

Gretsiya hukumatida ta'kidlanishicha, chegarachilar sonining oshirilishi “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgani bilan qisman bog‘langan.

Gretsiya oxirgi 2 yil ichida migratsiya siyosatini va chegaralari qo‘riqlanishini kuchaytirgan. Jumladan, Afina qochqinlarning chegarani kesib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Turkiya bilan quruqlikdagi chegara bo‘ylab devor qurgan va yuqori texnologik kuzatuv tarmog‘ini o‘rnatgan.

Mavzuga oid
Top