08:03 / 11.10.2021
16165

O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p.

So‘nggi 5 yilda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni quyidagicha:

  • 2015 yilda – 2 109 185 ta; 
  • 2016 yilda – 2 191 231 ta; 
  • 2017 yilda – 2 273 419 ta; 
  • 2018 yilda – 2 440 276 ta; 
  • 2019 yilda – 2 580 133 ta; 
  • 2020 yilda – 2 955 295 ta. 

Ma'lumot uchun, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 36 667 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan. 100 ta uy xo‘jaligiga  o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.

Top