21:11 / 11.10.2021
12660

Qirg‘iziston prezidenti o‘z vakolatlarini kengaytirdi

Avvalroq konstitutsion kengash rahbari Bekbosun Borubashev hukumat boshqaruvning parlament-prezident shaklidan prezident shakliga o‘tishni mo‘ljallayotgani, shu bois prezident o‘z zimmasiga ko‘proq mas'uliyatni olishi kerakligini aytgandi.

Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Qirg‘iz Respublikasining Vazirlar Mahkamasi» to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, Japarov o‘z tashabbusi bilan bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi a'zolarini bo‘shatishi mumkin.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi a'zolari uchun ayrim cheklovlar o‘rnatildi. Xususan, ular tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana va saylov kampaniyalari davrida ma'muriy resurslardan foydalana olmaydi.

Avvalroq konstitutsion kengash rahbari Bekbosun Borubashev hukumat boshqaruvning parlament-prezident shaklidan prezident shakliga o‘tishni mo‘ljallayotgani, shu bois prezident o‘z zimmasiga ko‘proq mas'uliyatni olishi kerakligini aytgandi.

Japarovning ta'kidlashicha, Qirg‘izistonda ilgari mavjud bo‘lgan boshqaruvning parlament-prezident shakli 2020 yil oktyabrda ommaviy tartibsizliklar va hokimiyat almashuviga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top