09:59 / 11.10.2021
10571

Toshkentda 5ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 5ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashgani to‘g‘risida ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat bo‘yicha rasmiy xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 oktabr kuni soat 07:45larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida, "Pushkin" metro bekati yaqinida oraliq masofani saqlamaslik oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Ma'lum qilinishicha, "Captiva", "Vaz-2106", "Lacetti", "Cobalt" va "Spark" rusumli avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top