18:14 / 12.10.2021
7585

EPSILON (EDC): Kutilma zaxiralari 4 mlrd m³ gaz va 98 ming tn kondensatdan iborat, 1 mln m³ dan ziyod kunlik hajmda gaz berayotgan yangi kon ochildi

Foto: Epsilon

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Nuroltin tizimidagi 450 atmosferali yuqori qatlam bosimiga ega bo‘lgan 1-sonli izlov qudug‘ida olib borilgan burg‘ilash ishlaridan so‘ng, undan sanoat miqyosidagi, kunlik hajmi 1 mln kubmetrdan ziyod bo‘lgan gaz oqimi olindi. Ushbu natija esa yangi kon ochilganiga dalolat etadi.

Yaqin vaqt oralig‘ida, olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 1,6 km masofaga diametri 168 mm lik gaz quvurlari yotqiziladi.

Shuningdek, mazkur yangi konning tuzilmasiga aniqlik kiritish hamda zaxiralarini tasdiqlash maqsadida uchta izlov-qidiruv quduqlarida burg‘ilash ishlari amalga oshiriladi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalari talablariga rioya qilgan holda bajarilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top