13:27 / 12.10.2021
29462

Haligacha hamma qarindoshlarim qishloqda yashaydi – Shavkat Mirziyoyev 

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoroda saylovchilar bilan uchrashuv davomida ta'lim sohasiga e'tibor berish lozimligi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Men ham shu davlatning bir fuqarosi, bir shifokorning farzandi sifatida xalqimning farovonligini o‘ylayman. O‘zim qishloqda o‘sganman, haligacha hamma qarindoshlarim qishloqda yashaydi. Lekin qishloqlarimizdagi sharoit biz xohlagandek o‘zgarmagan. 

Ta'limga e'tibor berib, zaminni mustahkam qilgan el kambag‘al bo‘lmaydi. Afsuski biz ta'limga ko‘p yillar e'tiborsiz bo‘ldik. To‘qsoninchi yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nima uchun xalqimiz ketdi – ish yo‘q, boshpana yo‘q, ertangi kunga ishonch yo‘q edi. Oxirgi yillarda anchasini qaytarishga erishdik, chunki ular ham farzandlarimiz. 

Buxoroning yutuqlariga qarang – so‘nggi besh yilda oliygohlarga kirish bo‘yicha viloyat birinchi o‘rinda. Qorako‘l tumani esa tumanlar orasida birinchi. Xalq ta'limi bo‘yicha ham Buxoro ko‘p jihatdan yetakchi. Bularning hammasi ilmga to‘g‘ri e'tibor berilganidan. Men ishonaman, bu albatta o‘z mevasini beradi. Chunki ilmi bor, ishi bor, yaxshi mutaxassis bo‘lgan odam hech qachon xor bo‘lmaydi”, – dedi nomzod yig‘ilganlarga qarata.

Top