16:01 / 12.10.2021
9809

Toliblar xalqaro standartlarga mos davlat qurish niyatida ekanligini bildirdi

Muttaqiyning so‘zlariga ko‘ra, dunyo Afg‘onistonga bosim o‘tkazish o‘rniga mamlakatga yordam berishi lozim.

Foto: Rahmat Gul / AP

«Tolibon» harakati mamlakat manfaatlariga javob beradigan va xalqaro standartlarga mos siyosiy tuzum yaratishni ko‘zlamoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy ma'lum qildi.

«Biz tashqi olam bilan munosabatlarda yangi sahifa ochdik. Biz ichki ehtiyojlarimizga va xalqaro standartlarga mos siyosiy tuzum yaratamiz. «Islom amirligi» dunyoga va mintaqa mamlakatlariga yaxshi munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida murojaat yo‘lladi. Biz biror-bir davlatning ichki ishlariga aralashishga urinmaymiz va ulardan ham shuni kutamiz», — dedi u.

Muttaqiyning so‘zlariga ko‘ra, dunyo Afg‘onistonga bosim o‘tkazish o‘rniga mamlakatga yordam berishi lozim.

«Avvalgi hukumat 20 yil davomida islohotlar o‘tkaza olmadi, endi esa jahon hamjamiyati buni ikki oyda amalga oshirishni talab qilyapti», — dedi u.

Top