18:36 / 13.10.2021
5596

Bolgariya sohillari yaqinida Turkiyaning kimyoviy modda ortilgan kemasi cho‘kib ketdi

Bolgariya hukumati yuk bo‘linmasidagi karbamidni chiqarib olishga umid qilmoqda, ammo ob-havo sharoitining yomonligi operatsiyani murakkablashtirmoqda.

Foto: EPA-EFE / KRASIMIR DELCHEV

Bolgariyaning Qora dengiz sohili shimoliy qismida Turkiyaning bortida 3 ming tonna karbamid moddasi bo‘lgan Vera Su kemasi cho‘kib ketdi, deb xabar berdi Euractiv.

Bolgariya dengiz ma'muriyati ijrochi direktori Vensislav Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, kema korpusida teshiklar aniqlangan.

Bolgariya hukumati yuk bo‘linmasidagi karbamidni chiqarib olishga umid qilmoqda, ammo ob-havo sharoitining yomonligi operatsiyani murakkablashtirmoqda.

Karbamid dengiz suviga qo‘shilganida dengiz jonivorlari hayoti uchun xavfli bo‘lgan toksinlar ishlab chiqaruvchi fitoplanktonlarni hosil qiladi. Toksinlar dengiz mahsulotlari tarkibida yig‘ilib, inson hayotiga ham xavf solishi mumkin.

Mavzuga oid
Top