21:39 / 13.10.2021
21518

Dunyodagi barcha mamlakatlarning umumiy davlat qarzi miqdori ma'lum qilindi

Qayd etilishicha, mamlakatlar suveren qarzlar o‘sishi fonida o‘z budjet-soliq siyosatini har bir mintaqaning o‘ziga xos holatiga moslashi kerak.

Foto: EPA/TASS

Dunyodagi barcha mamlakatlarning umumiy davlat qarzi 88 trillion dollarga yetdi. Bu dunyo YaIMning qariyb 100 foizini tashkil etadi, deb ma'lum qildi Xalqaro valuta jamg‘armasining budjet masalalari bo‘yicha departamenti direktori Vitor Gaspar.

«Hozirda davlat qarzi 88 trillion dollarni tashkil etmoqda, bu YaIMning 100 foiziga yaqin. 2021 va 2022 yillarda davlat qarzi YaIMning 1 foiziga kamayishi kutilmoqda», — dedi u.

Qayd etilishicha, mamlakatlar suveren qarzlar o‘sishi fonida o‘z budjet-soliq siyosatini har bir mintaqaning o‘ziga xos holatiga moslashi kerak.

Avvalroq Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi bo‘yicha o‘z prognozini e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston YaIMning o‘sishi 6,2 foizga yetishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top