13:12 / 13.10.2021
1615

Jizzaxda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida ikki kishi vafot etdi – viloyat IIB

Jizzax viloyatining Zomin hamda Mirzacho‘l tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida ikki kishi vafot etdi. Ulardan biri 6 yoshli bola bo‘lgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIBning «102/365» xabarlar dasturida ma'lum qilindi.

Foto: Sibnovosti.ru

2021 yil 10 oktabr kuni soat 11:20larda Zomin tumani hududidan o‘tuvchi Jizzax-Ravot-Zomin-Sovot yo‘lining 27-kilometrida Sirdaryo viloyati Xovos tumani «Oqchangal» MFYda yashovchi fuqaro «Lacetti» rusumli avtomobilni Jizzax yo‘nalishida boshqarib borayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan “Peshag‘or” MFYda istiqomat qilgan 7 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, 2021 yil 10 oktabr kuni soat 19:00larda Mirzacho‘l tumani «Toshkent» QFY hududidagi ichki ko‘chada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. «Lacetti» haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan. Oqibatda avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan ayol tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Jizzaxda «Cobalt»ning avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etgani va ikkita yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida qashqadaryolik haydovchi vafot etgani xabar qilingan edi.

Top